TARJE

TARJE

TARJE, tarjiʼ (arab. — qaytarish, takrorlash, naqarot) — Shashmaqom cholgʻu boʻlimi tarkibidagi asosiy qismlardan biri. U Rost maqomidan tashqari barcha maqomlarda mavjud boʻlib, turkumda ikkinchi oʻrinni egallaydi. Tarjelar makom nomlari bilan qoʻshilib, Tarjei Buzruk, Tarjei Navo, Tarjei Dugox., Tarjei Segoh, Tarjei Irok, deb yuritiladi. Bularning aksariyati tasnif qismiga xos, Iroqda esa kattaroq 5 takt hajmidagi doyra usuli joʻrligida keladi. Tarjelar shakli «xona» va «bozgoʻy» kuy tuzilmalarining almashinuvi natijasida gavdalanadi. Parda tuzilishi va kuy mavzui boʻyicha Tarjelar bir biridan farq qilib har bir maqomning tayanch pogʻonalari zaminida yuzaga kelgan ohanglardan hosil boʻladi. Ularning kuy rivoji jarayonida peshrav uslubi yetakchilik qiladi. Tarjelar tasniflarga koʻra biroz tezroq, harakatchan surʼatda boʻlib, yakka yoki cholgʻu joʻrnavozligi tarzida ijro etiladi.

Ensiklopediya.uz
TARJE