TARIXSHUNOSLIK

TARIXSHUNOSLIK

TARIXSHUNOSLIKtarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. T. tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (mas., sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va b.) tarixi bilan xam shugullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadkiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. Tarixshunoslik oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiytarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliklikda ifodalaydi, ijtimoiysiyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniklaydi. Tarixshunoslik, shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz urniga ega bulgan i. t. markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi.

Ensiklopediya.uz
TARIXSHUNOSLIK