Tarixdagi eng birinchi dasturchi
Uning sharafiga 1980-yillarda AQSh Mudofaa vazirligi Ada nomli dasturlash tilini yaratgan.
Tarixdagi eng birinchi dasturchi
DO`STLARGA ULASHING:
Tarixdagi eng birinchi dasturchi
Ada Avgusta Lavleys (1815 – 1852, Britaniya imperiyasi) — ingliz matematigi. Loyihasi Charlz Bebbidj tomonidan yaratilgan hisoblash mashinasi (kompyuter) ning tavsifini yaratish bilan mashhurdir. Ushbu mashina uchun dunyodagi birinchi dasturni tuzgan. Qo’llanilishga «tsikl» (takrorlanishlar) va «ish yacheykasi» atamalarini kiritgan, tarixdagi eng birinchi dasturchi hisoblanadi.
Xush ko’rilmagan qizaloq
Qizi Ada tug’ilishidan oldin uning otasi lord Bayron farzandining «yaxshi o’g’il» bo’lishini kutgan va 1815 yil 10 dekabrda xotini Anna Izabella qiz tug’ganida qattiq tushkunlikka tushgan. Keyingi yilning 16 yanvarida Lordning buyrug’i bilan Anna Izabella besh haftalik qizini o’zi bilan olib, ota-onasining uyiga ketdi. Garchi o’sha paytda Britaniya qonunlari ajrashish masalasida otaga bolalarni to’liq vasiylik qilish huquqini bergan bo’lsa-da, Bayron hatto farzandini o’zi uchun da’vo qilishga ham urinmadi, lekin singlisidan qizining ishlaridan xabardor bo’lishini so’radi.
Yubkadagi Leonardo da Vinchi
Adaning onasi qizi otasining yozuvchilikka bo’lgan ishtiyoqini meros qilib olishi va xuddi shunday g’alati va tez jahldor bo’lib ulg’ayishidan xavotirda edi. Shuning uchun u yoshligidanoq qizning nasr va she’r o’qishga bo’lgan ishtiyoqini olqishlamadi, har tomonlama uning e’tiborini aniq fanlarga qaratdi. Xususan, matematik Avgust de Morganni Bayron xonim qiziga dars berish uchun taklif qilgan. Natijada,13 yoshida Ada allaqachon bir nechta uchar apparatlar chizmalarini yaratgan.
Taqdir uchrashuvi
Ma’lumki, Ada o’z davrining nasriy yozuvchisi Charlz Dikkens, fizik Maykl Faraday, Devid Bryuster (kaleydoskop ixtirochisi) kabi taniqli shaxslar bilan tanish edi. Biroq, ko’p jihatdan uning hayot yo’lini belgilab bergan uchrashuv yuz berdi. U mashhur matematika professori Charlz Bebbij bilan tanishdi. Bir necha yil oldin u yigirmata belgigacha hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lgan logarifmik mashinasini ixtiro qilgan edi. Aynan shu mashina keyinchalik dunyodagi birinchi kompyuter sifatida tan olinadi.
Eng birinchi dasturiy ta’minot
Ada Lavleysni dunyodagi birinchi dasturchi deb atashga uning yaratgan ishi, Bebbij ixtirosini ta’riflovchi maqolaning ingliz tiliga tarjimasidan iborat bo‘lgan asari sababdir.
Bebbij mashinasini tavsiflashda aynan Ada tsikl va yacheyka kabi kompyuter atamalarini kiritgan. Shuningdek, u ushbu mashinada Bernulli sonlarini hisoblash uchun operatsiyalar to’plamini tuzdi. Aynan shu operatsiyalar to’plami tarixdagi birinchi kompyuter dasturi deya tan olingan. Bebbij hech qachon o’z mashinasini yaratmagan, u uning o’limidan keyin yig’ilgan va hozirda Londondagi Ilm-fan muzeyida saqlanadi.
Xotira
Ada Lavleys 1852 yil 27 noyabrda 37 yoshida vafot etdi. Aynan shu yoshda uning otasi ham vafot etgan. U hech qachon tanimagan otasi bilan birga oilaviy qabristonga dafn etilgan.
Tarixdagi eng birinchi dasturchi