Tarix fanidan elektron darslik
07.00.07. – Etnologiya, etnografiya va antropologiya.
Tarix Fanidan Darslik – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Tarix Fanidan Darslik в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 6 Sinf O Zbekiston Tarixi To Liq Majburiy Fanlar Ўзбекистон тарихи тўлиқ Мажбурий фанлар длительностью 1 ч, 35 мин и 59 сек, размер файла 126.32 MB.
Сейчас слушают
Tarix Fanidan Darslik
Интиком Алангаси 2 Фасл Тез Кунда
Чё Серьёзно Да Серьёзно
Streetfighter V Chun Li Ryona
Uplifting Trance Vocal Free Acapellas Free Trance Vocals Free Trance Midi Ancore Sounds
Original Mix Mixhell
Salience Of Line She Waits For The Light
Ой Хороши Гости У Мэнэ
Charlton Heston Jacob In Israel With Chorus We Are Climbing Jacob S Ladder
Lost Without You No Me Platiques Mas Mky
Tha Joker Michael Jordan
How To Get Leave Badge In Baldi S Basics Roleplay Roblox
Перевод O Zone Dragostea Din Tei Ржака
Rage Anna Stoytcheva
Кашаган Жырау Жырлары
Live 忘れるポーイ Feat Kento Mori
Gulsanam Dardini Hech Kimga Aytmagan Onam
Hacktivist Cold Shoulders
Tarix fanidan elektron darslik
Fakultet dekani tarjimai holi:
- 1982-1989 yillarda Andijon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti talabasi
- 1982-1985 yillarda Harbiy xizmatda
- 1987-1988 yillarda O‘zbekiston Komsomol tashkilotining Andijon viloyati qo‘mitasi inspektori
- 1989-1993 yillarda P.Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlari do‘stligi universitetining aspiranti
- 1993-1997 yillarda Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi fan va madaniyat bo‘limi ikkinchi kotibi, matbuot kotibi va protokol bo‘limi boshlig‘i
- 1997–1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Amerika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
- 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligidagi Bosh konsulxonasining vitse-konsuli
- 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasining birinchi kotibi
- 2002-2004 yillarda “O‘zbek plastik bags” MChJ direktori
- 2004-2012 yillarda Vodiy plastik” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxona direktori
- 2012-2016 yillarda «Vodiy farma» MChJ direktori
- 2017-2017 yilda “And Polic” qo‘shma korxonasi menedjeri
- 2017 yildan buyon Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani
HASANOV JASURBEK MAMATQODIROVICH
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, v.b. dotsent.
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998 99 604 2002
E-Pochta: jasur@mail.ru
DJUMABOYEV IQBOLJON BURXANULLAEVICH
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998 97 339 33 16
E-Pochta: ikball@rambler.ru
Tarix fakulteti 1931 yili Andijon kechki pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan. 1937-yilga kelib esa tarix hamda filologiya yo‘nalishlari birgalikda faoliyat yurita boshlagan. 1957-yilda fakultet tarkibida boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti ochilgan. 1976-yilda tarix-filologiya fakulteti qayta tashkil etildi.
1992-yil 28-aprelda Andijon davlat universiteti rektorining buyrug‘iga asosan Tarix fakulteti alohida fakultet sifatida tashkil etilgan.
Fakultetda O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi va Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.
Fakultet haqidagi so’nggi ma’lumotlar, dars jadvallari, yangiliklar bilan tanishish uchun fakultetning rasmiy telegram kanali https://t.me/tarix_matbuoti ga a’zo bo’ling.
O‘QUV JARAYONI
Fakultetda 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha), 5220300 – Arxivshunoslik, 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, 5160400 – Ijtimoiy madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va 5A 120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur yo‘nalishlarda 719 dan ortiq bakalavr, sirtqi ta’lim shaklida 252 nafar, 18 nafar magistrlar tahsil oladi. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari mavjud. Shuningdek, Tomsk davlat universiteti (Rossiya) bilan qo‘shma dastur asosida Arxivshunoslik va hujjatshunoslik yo‘nalishi ochilgan. Fakultetda 6 nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi faoliyat ko‘rsatadi. Dars mashg‘ulotlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
ILMIY HAYOT
Fakultetda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati mavjud bo‘lib, ular quyidagi ixtisosliklardan iborat:
07.00.01. – O‘zbekiston tarixi;
07.00.07. – Etnologiya, etnografiya va antropologiya.
Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:
- O‘zbek xonliklari davri tarixi;
- Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixi;
- Turkiston xalqlarining sovet tuzumiga qarshi olib borgan qurolli qarshilik harakati (“Istiqlolchilik”, “Bosmachilik”) tarixi;
- Kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun, dehqonlarni deportatsiya qilinishi tarixi;
- Sovetlarning O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati va uning fojeali oqibatlari;
- Andijonning qadimgi davridan xozirgi kungacha bo‘lgan tarixi;
- O‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi;
- Markaziy Osiyoning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy tarixi muammolari (XV-XX asrlar);
- O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlar.
Ixtisoslashgan kengash faoliyati. 1993-1995, 1995-1998, 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti huzurida 07.00.01- “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi beruvchi Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatgan. Mazkur yillarda O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha 20ga yaqin dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2019 yil 31 yanvardan boshlab, Andijon davlat universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi (PhD) Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengash yana o‘z ishini boshladi va mazkur Kengashga t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov raislik qilib kelmoqda.
Ilmiy jurnal faoliyati. Professor R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan 2016 yildan boshlab “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy–tarixiy, ilmiy va ommabop jurnalini chop etila boshlandi.
Ilmiy seminar faoliyati. Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti huzurida “Istiqlol va milliy tarix” ilmiy seminari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatib, mazkur seminarga O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, t.f.d., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.T.Shamsutdinov rahbarlik qilmoqda.
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylarini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusiga binoan 2018 yil 15 avgustda Andijon davlat universiteti tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi va samarali faoliyat olib bormoqda. Muzey direktori – tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsutdinov.
XALQARO HAMKORLIK
Tarix fakultetida xorij ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Jumladan, Indiana universiteti (AQSh), Tomsk davlat universiteti (Rossiya), P.G.Demidov nomidagi Yaraslovl davlat universiteti (Rossiya), Penza davlat pedagogika universiteti (Rossiya), Abay nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozogiston), Xo‘jand davlat universiteti (Tojikiston), I.Arabayev nomidagi Qirg‘iz davlat universiteti (Qirg‘iziston), “Muras” xalqaro ilmiy amaliy ekspeditsiya xayriya jamg‘armasi (Qirg‘iziston), Osh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Sharqshunoslik kafedrasi (Qirg‘iziston) bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
NAZARIYA VA AMALIYOT
Tarix fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini malakaviy amaliyotlarda mustahkamlaydilar. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan arxeologik, etnografik, muzeyshunoslik, arxivshunoslik, O‘zbekiston tarixidan o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarda talabalar viloyatimiz va Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarda qatnashadilar. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Qo‘qon, Namangan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlariga malakaviy amaliyot doirasida tashkil etilgan ekskursiyalarda ishtirok etadi. Viloyatimizda joylashgan muzey va davlat arxivlarida belgilangan tartibda malakaviy amaliyotni o‘tkazadilar.
Fakultet Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilari bilan nazariy, amaliy hamda metodika bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonida nazariy ta’lim bilan birgalikda amaliyotga katta e’tibor qaratilmoqda. Talabalarning malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida haftada bir kun amaliy mashg‘ulotlarni bevosita maktablarda o‘tkazish belgilangan.
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Yosh siyosatchi” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Ilmiy xabarnoma – Nauchnыy vestnik”, “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy–tarixiy, ilmiy va ommabop jurnallarida, “Andijon yoshlari” gazetasi va turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiat sohiblari va turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ijrosini ta’minlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirilib kelinmoqda.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruhlar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr studiyasi” tanlovlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Talabalar orasida sport, musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
YUTUQ VA G‘ALABALAR
O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Shamsutdinov Rustambek Temirovich – Mehnat shuhrati ordeni sohibi;
Alimov Ibrohimjon Abdug‘afforovich – “Ozbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi”, “Shavkatli mehnati uchun” medali sohibi;
Tarix fakulteti II-bosqich talabasi Mirzaxalilova Oydin “Shuhrat” medali sohibasi;
Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzayev Avazbek – “O‘z kasbini mohir egasi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi;
Tarix fakulteti talabasi Xodjiyev Shaxboz – O‘zbekiston Respublikasinibg Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nomidagi stipendiya sovrindori;
Tarix fakulteti III-bosqich talabasi Tursunova Sanobarxon – “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” deb nomlangan 2017 yilgi respublika tanlovi g‘olibi, grant sohibasi;
Tarix fakulteti IV-bosqich talabasi Karimov Behzod “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovida “Yosh bloger” tanlovining “Eng yaxshi fotoreportaj” yo‘nalishi g‘olibi;
Tarix fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishi I-bosqich talabasi Zokirova Shahnozaxon – Mukarrama Turg‘unboyeva xotirasiga bag‘ishlangan respublika tanlovi, g‘olibasi, “Orasta qizlar” konkursi respublika bosqichi tanlovi hamda mutloq g‘olibi, “Mening biznes g‘oyam” tanlovlari g‘olibasi.
Qiziqarli malumotlar
Tarix fanidan elektron darslik