TARANTO

TARANTO

TARANTO — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Taranto provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 201,3 ming kishi (2001). Ioni dengizining Taranto qoʻltigʻi sohilidagi port (yiliga 30 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Taranto — yirik sanoat markazlaridan. Mamlakatda eng yirik toʻliq siklli metallurgiya kti, mashinasozlik, neftni qayta ishlash korxonalari, dengiz suvini chuchituvchi zd, koks kimyosi zdi, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Dengizdan baliq ovlanadi. 12—19-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Harbiy dengiz bazasi.

Ensiklopediya.uz
TARANTO