Taqvim-mavzu rejalar

Taqvim-mavzu rejalar

ONLINE TESTLAR (6)
  • 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
  • 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
  • Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
  • Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
  • Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
  • Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
  • Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
  • Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
  • Tarbiya (16)
  • ENG-ENG-ENG… (1)
  • Siz buni bilasizmi? (13)
  • Tarix fanidan videojamlanma (7)
Fevral 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Apr
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28

Arxivlar

Yangi sharhlar

  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
  • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
  • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
  • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
  • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga

Boshqaruv paneli

© 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi

Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.

Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

Yangi fikrlar

  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
  • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
  • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga

Murojaat qiling:

  • Jizzax v, Do’stlik tumani
  • Telefon: + 998 (94) 918 02 27
  • Email: Shuhratbek.uz@umail.uz

Maktablarda “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan fan tashkil etiladi

Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Respublika taʼlim markazi matbuot xizmati.

Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va sheʼrlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi.

Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan.

Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.

Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.

Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.

Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.

Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.

Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan.

Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.

Qiziqarli malumotlar
Taqvim-mavzu rejalar