TANNIN

TANNIN

TANNIN (frans. tanner — terini oshlash) — oʻsimliklarda koʻplab uchraydigan fenolli birikma. T. — amorf ochsariq kukun. Suvda, glitserinda, sirka efirida eriydi. Suvdagi eritmasi — kolloid eritma, kislotali reaksiyaga ega, polyarizatsiya tekisligini oʻngga buradi. Oqsillar va baʼzi tabiiy polimerlar (sellyuloza, pektin moddalari) bilan mustahkam bog hosil qiladi. «Tannin» termini dastlab (18-a. oxirida) suvdagi eritmasi xom terini oshlash xossasiga ega boʻlgan oʻsimlik moddalari aralashmasiga aytilgan. Tanninga tabiatda uchraydigan, mol. m. 500 dan 3000 gacha boʻlgan (tarkibida fenolli gidroksil guruh soni koʻp boʻlgan) birikmalar kiradi.

Ensiklopediya.uz
TANNIN