TANGRI

TANGRI

TANGRI — 1) Xudo, Alloh. Tangrichilik dinida xudoning nomi. «Tangri» atamasi kup Osiyo xalklarining eng qad. mifologik fondiga kiradi. Tangri kad. shumer tilida (mil. av. 3ming yillik) tengri, tengir, dengri, dengir; oltoycha tengri, tengeri; ozarbayjoncha dengri, dengir; xakascha tigir, ter; tuvacha deer; chuvashcha tura; yakutcha tangara; mongolcha tenger; buryatcha tengeri, tengri; qalmiqcha tenger; yaponcha tenri. U qad. xunnu tilida ham mavjud boʻlgan (mil. av. 3-a. va undan ham avvalroq). Tadqiqotchilar Tangrini kengroq talqinda shumercha — tengir — «koinot», «dengiz» bilan bogʻlaydilar. Tangri haqidagi tasavvur osmon ruhi egasi gʻaqidagi animistik diniy eʼtiqodlar asosida shakllangan boʻlib, unda osmon ham bevosita oʻzining koʻrinishida, ham Tangri yashaydigan fazo sifatida tasavvur etilgan;

Ensiklopediya.uz
TANGRI