TANGO haqida to’liq ma’lumot oling
TANGO (ispan. tango) — 1) 18—19-a. lar oraligʻida Lotin Amerikasida kora tanli aholining rake va qoʻshiqlar bilan oʻtkaziladigan har qanday bayram hamda shu bayramlar oʻtadigan joy ifodasi;
2) zamonaviy bal raqsi. 19-a. 2yarmida andalusiycha Tango, kreolcha Tango, argentincha Tango kabi turlari ommalashgan. Musiqa oʻlchovi 2/4, surʼati oʻrtacha, ritmikasi oʻziga xos urgʻu (sinkopa)lar bilan ajratiladi. Ijrochilar juft boʻlib, bir-birining yelkalarini ushlab raqsga tushadi. 1910y. larda Parijda argentincha Tango asosida yevropacha Tango rivoj topib, oʻziga xos, alohida ehtiros bilan ijro etiladigan salon va estrada raqsi (keyinchalik, kuy va ashula) sifatida butun dunyoda tarkaldi. Ritmikasi oxirgi sakkiztalik hissadagi keskin urgʻusi bilan ajralib turadi. Oʻzbek estrada sanʼatiga 1950y. lar oxirida B. Zokirov ijrosidagi «Arabcha tango» (suriyalik bastakor Daris al Atrashning Ya. Frenkel kanta ishlagan ashulasi) bilan kirib kolli. Keyinchalik, A. Nazarov («Ket, muhabbat», N. Hamroqulov), A. Rasulov («Dilerom», Gʻ. Yoqubov) va b. kompozitorlar turli Tangolarni yaratgan.
Malumotlar
TANGO