TAMAULIPAS

TAMAULIPAS

TAMAULIPAS — Meksikaning shim. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 79,8 ming km2. Aholisi 2,75 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — SyudadViktoriya sh. Yirik shaharlari: Matamoros, Reynosa, Tampiko va b. T. sharqiy qismining relyefi lagunali dengizboʻyi pasttekisligi, gʻarbi bal. 1300—1800 m li togʻlardan iborat. Eng baland joyi 4054 m. Iklimi qurgʻoqchil subtropik iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 15—30°. Yillik yogʻin shim. da 800 mm dan, jan. da 800—1000 mm gacha. Katta maydonlar chala choʻl yaylovlaridan iborat. Tamaulipas — mamlakatning yirik neftgaz sanoati rni. Tampiko sh. yaqinida yirik neft konlari bor. Q. x. da paxta, shakarqamish ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Paxta tozalash korxonalari bor.

Ensiklopediya.uz
TAMAULIPAS