Ta’magirlik va ochko’zlik haqida maqollar

Ta’magirlik va ochko’zlik haqida maqollar

Ta’magirlik va ochko’zlik haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Bezbetga qoshiq bersang,
Bir o’miga besh oshar.

Bepul kafan topilsa, o’lmoq kerak.

Berasing bo’lsa ahmoqqa,
Kunda kelar tingillab.

Qarzing bo’lsa mumsikdan,
Izingdan qolmas zingillab.

Bermagan kishini,
Hech kim qilmas ishini.

Bersa — bir balo,
Bermasa — ikki.

Besh panja og’iz yirtar.

Bir yo’talga — ikki cho’tal.

Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bo’lmas.

Bir ellik deb ikki ellikdan ajrama.

Bir qo’ltiqqa ikki tarvuz sig’mas.

Birov gul deydi,
Birov — pul.

Birovning oshiga qaragan och qolar.

Birovning uyiga boqma,
Bemahal eshigin qoqma.

Birovning xotini qiz ko’rinar.

Boy yonini qashlasa gado qo’l cho’zar.

Boynikiga — boy ko’ppak.

Boynikini boytevat qizg’anar.

Boyning qorni besh,
Biri hamisha — bo’sh.

Bor-yo’g’ini bilmayman.
Bol tilaydi tomog’im.

Bor tovog’im, kel tovog’im,
Kelishingda quruq bo’lsang,
O’rta yerda sin, tovog’im.

Bo’rining o’zi to’ysa ham, ko’zi to’ymas.

Gado oldida yonchiq kavlama.

Gadoga salom berma, dinor ber.

Gadoga choriq bersang, yamoqligini ham tilar.

Gadoning xurjuni to’lsa ham, ko’zi to’ymas.

Dardning sababi — tomoq
Qarab yemagan ahmoq.

Dasturxonga boqqan do’st emas.

Devonadan oy boshi so’rama.

Don boshqa, jig’ildon boshqa.

Yeb yetti bo’lmagan, yalab yetmish bo’lmas.

Yeb to’ymagan, yalab to’ymas.

Yemas og’iz qo’l bog’lar.

Yemxo’r ot to’rva teshar.

Yomon na yeydi, na yediradi.

Jon jonga kuyar,
Ishkamba — nonga.

Ziqna birga unamay, duvajaga tushadi.

Ziqnanikiga mehmon kelmas,
Kelsa ham ovqat yemas.

Ikki kemaning boshini tutgan g’arq bo’lar.

Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.

It gadoy bilan chiqishmas.

It ustidan qush uchsa, suyagini qizg’anar.

It qorni to’ygan uydan ketmas.

Itdan suyak kutma.

Itdan suyak ortmas,
Yuqtobdan — po’stak.

Itni «ket» desang, ko’ngliga kelmas,
Surbetni «ket» desang, aslo unutmas.

Itning dardi — suyakda.

Ichi tor itiga ham et bermas.

Ichi tor xotin bola tug’mas.

Ichi torga — dunyo tor.

Yiqqandan qo’rqma, yegandan qo’rq.

Yo’qlamaganning moli tugal.

Kasal jonning harakatida,
Tabib pulning harakatida.

Kunda yegan — suq,
Oyda yegan — to’q.

Kunda yegan osilib o’lar,
Oyda yegan to’q turar.

Ko’z tuproqqa to’yar.

Ko’ngil o’yga to’lmas,
Bo’ri — qo’yga.

Ko’pga yugurgan ozdan qolar.

Ko’rgan bilan ko’z to’ymas,
Tek turmoqqa nafs qo’ymas.

Ko’rganning ko’rmagani qursin,
Ko’rmaganning — ko’rgani.

Ko’rdingki, osh,
Ko’tarma bosh.

Ko’rdingki, yog’lik,
Uraver vaqtlik.

Ko’rdingki, tekin,
Uraver sekin.

Ko’chganda ko’lik tegmagan,
Qo’nganda minib o’tirar.

Laganning tagi — beti qattiqniki.

Laylakning oyog’i o’ziga qisqa.

Loyqa — boshdan, og’riq — oshdan.

Mening nafsim balodur,
Yonar o’tga soladur.

Mening nafsim balodur,
O’tdan suvga soladur.

Mol egasi yo’lbarsdir,
Oldirgani qo’ymasdir.

Moxov qoshdan gapirar,
Mechkay oshdan gapirar.

Nafsi buzuq hayitda o’lar,
Dini buzuq — masjidda.

Nafsini tiygan — vali.

Nafsini tiygan kishi sulton bo’lur,
Nafsini tiymagan kishi ulton bo’lur.

Nafsning yomoni — baloning koni.

Nafsning so’ziga kirma,
Xiyonatga yo’l ochar.

Nokasdan qarzdor bo’lsang,
Ham yo’lda qistaydi, ham — go’rda.

Nokaslardan qarz etma,
Qarz etsang ham, xarj etma.

Nokasning boyligi bo’lmas,
Do’nonning toyligi bo’lmas.

Nokasning o’zi to’ysa ham, ko’zi to’ymas.

Nokasning ishi — minnat.

Olg’irlik ofat keltirar,
Badnafslik — halokat.

Ot ko’rmagan ot ko’rsa,
Mina-mina o’ldirar.

Xotin ko’rmagan xotin ko’rsa,
Ura-ura o’ldirar.

Ot minmagan ot minsa,
Chopa-chopa o’ldirar.

To’n kiymagan to’n kiysa,
Qoqa-qoqa to’zdirar.

Ot chopar deb, it chopar,
It chopar deb, bit chopar.

Och bachchag’ardan qoch bachchag’ar.

Och bo’ridan to’q bo’ri yomon.

Och to’yar, suq to’ymas.

Ochko’z eshak to’rva teshar.

Ochko’zni tuproq to’ydirar.

Ochning qorni to’ysa ham, ko’zi to’ymas.

Oqlik sotgan oqarmas.

Oqsoq it sog’ itdan sovg’a tilar.

Og’a-ini — achchiq, mol — chuchuk.

Og’zi kattani uyida sina,
Nafsi kattani — to’yida.

Og’zing katta bo’lsa, qoshiqdan o’pkalama.

Og’izda to’ymagan, to’qqizda to’ymas.

Payg’ambar ham hozirligini ko’rar.

Puldorning ota-onasi yo’q.

Sariq it sovg’a tilar.

Sevgan yo’lingga qarar,
Sevmagan — qo’lingga.

Sovg’a aqlni ko’r qilar.

Somon birovniki bo’lsa ham,
Somonxona o’zingniki.

Suyak g’ajigan kuchuk
Qassob boltasining tagida o’lar.

Suq to’ymas, gadoy boyimas.

Tabib haqi naqd bo’lmasa,
Bemor dardi tuzalmas.

Ta’magir — kunda g’amgin.

Tegirmonning tishi yo’q,
Ho’1-quruq bilan ishi yo’q.

Tekin bo’lsa, mix yut.

Tekinga mushuk ham oftobga chiqmas.

Tovuq bergan g’oz kutar,
Tuxum bergan — xo’roz.

Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.

Tuya so’ygan echki so’ygandan et so’rabdi.

Tuyaga yantoq kerak bo’lsa, bo’ynini cho’zar.

Tuyaning tanigani — yantoq.

To’ymas, odatini qo’ymas.

To’ng’izni moshga o’rgatma,
Qo’shnini — oshga.

Xomtama hiylagarga aylanar.

Chaynamay yegan — og’rimay o’lar.

Chivin ham shiraga qo’nar.

Ekilmagan ekinning ustidan pul olma.

El to’ysa ham, elomon to’ymas.

Eski boydan yurt qolmas,
Yangi boydan cho’p qolmas.

Et bor yerdan it ketmas.
Yutog’ich tuyani yungi bilan yutar.

Yaxshi oshim qolguncha,
Yomon qursoq yorilsin.

O’zi to’ymaganning sarqiti yurak og’riq qilar.

O’zi to’ymaganning ko’zi to’ymas.

O’zi egarning qoshida,
Ko’zi qozonning oshida.

O’zim uyalganimdan patnisim uyalsin.

O’zining butunini qo’yib,
Birovning yarmiga osilar.

O’tinchining ko’zi o’mchada.

O’g’ilsiz xotin sumakka to’ymas,
Qizsiz xotin tuvakka to’ymas.

Qayrag’och qattiq boisa, yorib bo’lmas,
Qiz otasi qattiq bo’lsa, borib bo’lmas.

Qanoat to’rga eltar,
Ochko’zlik — go’rga.

Qassob onasiga ham suyak sotar.

Qassob tanishini tuzlar.

Qassobning oshnasi bo’lmas.

Qassobning tushiga echki kirar.

Qizil ko’rsa,
Xizir yo’ldan chiqar.

Qizil Xizirni aynitar.

Qizlar gulni der,
Boy — pulni.

Qizlar qizilga uchar,
Savdogar — pulga.

Qizni yanga buzar,
Yangani tanga buzar.

Qizg’anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.

Qoziga bersang, suyar,
Bermasang, so’yar.

Qorinni to’yg’azish oson,
Ko’zni to’yg’azish qiyin.

Qorni ochga non bo’lsa bas,
Ko’zi ochga dunyo yetmas.

Qui yig’lar xo’jasi uchun,
Xo’jasi yig’lar oijasi uchun.

Qurbon, qurbonda to’ymaganni xudo urgan.

Quruq qo’lga qush qo’nmas.

Quruq qo’lni it talar.

Qush donga yig’ilar,
Chivin — shiraga.

Qush tuzoqqa don uchun kelar.

Qush ham o’z nafsidan ilinar.

Qo’ziligida to’ymagan,
To’qqizida to’ymas. gi yiln�}sbX0@�
Eshitganga ishonma, ko’rganingga ishon.

Eshitgandan ko’rgan yaxshi,
O’zini ko’rib bilgan yaxshi.

Eshishni bilmasang, qayiqda o’tirma.

Yanglishmaydigan og’iz yo’q,
Qoqilmaydigan — tuyoq.

Yaxshi-yomonning farqini bilmagan,
Arzon-qimmatning narxini bilmas.

Yaxshi ish bitirar,
Yomon ish yitirar.

Yaxshi ish ulgi bo’lar,
Yomon ish kulgi bo’lar.

O’zga mushtini yemagan o’z mushtini botmon der.

O’zi bilmas, kishidan so’ramas.

O’zi qilolmagan qilganni ko’rolmas.

Qaynoq sut ichib og’zi kuygan
Qatiqni ham puflab ichar.

Qalovini topsang, qor yonar.

Qari bilganni pari bilmas.

Qari bor uyda pari bor.

Qari ot ko’p yo’l bilar.

Qari tovuq qarchig’aydan qo’rqmas.

Qari qiz qozi bo’lar,
Sari itga rozi bo’lar.

Qarining ham qarisi bor,
Parining ham parisi bor.

Qariyali uyda qo’y ham omon, bo’ri ham yo’q.

Qarg’ani qo’rqitsang, botir bo’lar.

Qirqqa davr qirq yo’ldan,
Qirq birdan bir yo’ldan.

Qirqqa kirmay, narxga kirmas.

Qush qanoti bilan uchadi,
Quyrug’i bilan qo’nadi.

Qo’l qo’lni tanir,
Ko’r — yo’lni.

Qo’lga o’rgangan qush qirda adashar.

Qo’li singanning dardini qo’li singan biladi.

Hayt desa, it yugurar,
Itdan avval — qiz.

Har kim ham chaqilar,
Yaxshi ot ham qoqilar.

Ta’magirlik va ochko’zlik haqida maqollar