TALONCHILIK

TALONCHILIK

TALONCHILIKjinoyat huquqiga koʻra oʻzganing mulkini talontoroj qilish. Talonchilik oshkora yoki yashirin ravishda sodir etilishi mumkin. Agar aybdor jabrlanuvchilar yoki boshqa shaxslar koʻz oʻngida Talonchilik qilayotganligini va ular aybdorning harakatlari xususiyatini tushunayotganligini bila turib, Talonchilikni amalga oshirsa, u oshkora deb hisoblanadi. Agar talontoroj qilinganligini odamlar sezmasalar yoxud buyum olinganligi faktini koʻra turib, uni qonuniy hisoblasalar va aybdor ham shunga umid qilgan boʻlsa, u holda Talonchilikni oshkora deb tan olinishi mumkin emas. Yashirin ravishda boshlangan talontoroj baʼzan oʻzgalar mulkini ochikdanochiq egallashga aylanib ketadi. Bunday hollar, mulkni egallash jarayonida jinoyatchini sezib qolishganida, lekin jinoyatchi buni tan olmay oʻz harakatlarini davom ettirib, mulkni oshkora egallab olganda sodir boʻladi. Talonchilik mulkdorga mulkiy zarar yetkazishdek ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqaradi. Mulkni amalda egallab olish, yaʼni jinoyatchida talontoroj qilingan narsadan foydalanish imkoniyati paydo boʻlishi vaqtidan boshlab bu jinoyat tugallangan hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
TALONCHILIK