Ta`lim-tarbiya tizimiga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
Ta`lim-tarbiya tizimiga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
DO`STLARGA ULASHING:
Avlod va ajdod — bir butunning ikki bo’lagi. Avlod – bugungi, ertangi nasl. Masalan kelajak avlod. Ajdod esa — o’tib ketganlar, Kengroq ma’noda, ajdod deganda rahmatli bo’lib ketgan ota-bobolarimizni, o’tganlarni tushunamiz.
An’ana – uzoq vaqtlardan beri avloddan-avlodga o’tib kelayotgan va bizgacha yetib kelgan, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan rasmiy va norasmiy tartib va qoidalar yig`indisidir. Masalan, yigitning uylanishi, qizning turmushga chiqishi va unga bog`liq bo’lgan xalqimizning urf odatlari, ya’ni nikoh to’yi, bayramlar, xalq sayllari, oltin va kumush to’y kabilar.
Anjuman-fors-tojikcha so’z bo’lib, keng doirada o’tkaziladigan yig`in, yig`ilish, kengash va majlislarga nisbatan aytiladi.
Armiya– davlatning mustaqilligini tashqi tajovuzlardan saqlashning asosiy vositalaridan hisoblanuvchi qurolli kuchlardir. Armiyaning tarkibi, soni davlat tomonidan ehtiyoj va imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Assotsiatsiya – uyushmaga birlashish, ittifoq tuzish. Iqtisodiyot sohasi, mulk shaqlidan qat’iy nazar korxonalar, tashkilotlar va alohida shaxslarning yagona manfaatdorlik, ishlab chiqarish asosida birlashishi.
Assalomu alaykum. Kishilar o’zaro uchrashganda bir-biriga aytadigan arab tilidagi tilagi bo’lib, «Sizga osoyishtalik va salomatlik tilayman» degan ma’noni anglatadi. Salomni qabul qiluvchi kishi esa «Va alaykum assalom» (sizga ham tinchlik, salomatlik bo’lsin) deb javob qaytaradi.
Birinchi bo’lib kichiklar salom beradi, kattalar alik oladilar. U kishilararo muomala-munosabatning boshi bo’lib, suxbatga o’ziga xos iliqlik, samimiyat bahsh etadi.
O’zidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan tanisa, tanimasa salom-alik qilish xalqimizning axloqiy fazilatlaridan hisoblanadi.
Afv etish – shaxsning sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan yoki tayinlanadigan jazoni o’tashdan ozod etish, ya’ni kechirish. Bunda har bir kishining shaxsi, avvalgi xizmatlari, o’zini tutishi, to’g`ri yo’lga kirganligi, jinoyatning harakteri (og`ir-yengilligi), yetkazilgan zarar hamda kechirim so’rash haqidagi iltimoslari e’tiborga olinadi. Afv etish orqali shaxs jazoning hammasini o’tashdan ham ozod qilinishi mumkin. Afv e’lon qilish huquqi faqat O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishlidir (Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandi).
Shuningdek, amnistiya ham muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan jinoyat sodir etganlar hamda jinoyati uchun jazoni o’tayotganlarni umumiy afv etish (kechirish) ma’nosini anglatadi. Amnistiya (umumiy afv) haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon chiqaradi. Mamalkatimizda Mustaqillik kuni, Xotira va Qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni munosabati bilan amnistiya e’lon qilinadi. Bu adashib jinoyat sodir etganlarning davlatga, jamiyatga ishonchini kuchaytiruvchi vosita. Amnistiya qoida tariqasida birinchi marta uncha og`ir bo’lmagan jinoyat sodir etganlarga, ayollarga, nogironlarga, keksalarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladi. Amnistiya jazodan ozod qilish yoki jazoni kamaytirishni ko’zda tutadi. Og`ir jinoyat sodir etganlarga, o’ta xafvli shaxslarga amnistiya qo’llanilmaydi. Har bir aniq holatda jazoni o’tayotganlarga amnistiya orqali jazodan ozod etilishi, kimlarning jazo muddati qancha qisqartirilishi, kimlarga amnistiya tatbiq qilinmasligi Prezident Farmonida aniq ko’rsatiladi.
Singdirish borasidagi harakatlar jangovar ta’limot va harbiy xizmat jarayoni, mafkuraviy ish, madaniy-oqartuv va ommaviy-sport tadbirlari davomida amalga oshiriladi.
Bayon. Maktab o’quvchilarining o’zlashtirgan bilimini yozma va og`zaki nazorat qilish turlaridan biri. Bunda ular o’qib berilgan yoki o’zi o’qigan tekstni yozma yo og`zaki ifodalaydi. Bayon o’quvchilarni teks mazmunini yaxshi anglab, uni yozma yoki og`zaki to’g`ri ifodalay olishga o’rgatadi, ularning xotirasi va nutq madaniyatini o’stiradi.
Bayon asosan ikki turga nazorat va ta’limiy bayonga bo’linadi. Nazorat bayonda o’qituvchi tekstni o’qib bergach, o’quvchilarga notanish bo’lgan so’zlarning ma’nosi va to’g`ri yozilishini tushuntirib beradi, so’ngra o’quvchilar mustaqqil ravishda reja tuzib, u asosida bayon yozadilar. Ta’limiy bayonda esa tekst o’qib berilgach, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida birgalashib reja tuzadilar, so’ngra tekst ikkinchi marta o’qiladi va shundan keyin o’quvchilar yozishga kirishadilar.
Bilim olish huquqi-O’zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlaridan hisoblanadi. Unga asosan har kim bilim olish huquqiga ega. O’zbekistonda umumiy ta’lim olish bepul, ya’ni umumiy ta’lim olish uchun haq to’lanmaydi. Umumiy ta’limga ega har bir kishi o’rta maxsus va oliy ta’lim olish huquqiga ega, bu ta’lim belgilangan sinovdan o’tganlar uchun bepul, qolgan shaxslar pul to’lash bilan bilim olishni davom ettirishlari mumkin. Bilim olish huquqi umumiy maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari faoliyati orqali ta’minlanadi. Bundan tashqari, aspirantura va doktoranturada ham bilim olish mumkin. (Konstitutsiyaning 41-moddasi)
Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Buddizmning asoschisi Sidhharta Gautama bo’lib, u Baqtriya, Numon podsholigidan keyinroq vujudga kelgan. Tohariston davlatlari hududida keng tarqalgan.
Burch – qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan ayrim harakatlarni sodir etish, ayrim harakatlarni sodir etishdan tiyilishdir. Burchni buzish turli javobgarliklarga tortish va jazolashga sabab bo’ladi. Burch ixtiyoriy bajarilganda jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi.
Burch axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarish, odamlarga to’g`ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifoda etadi. U shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
Botirlik-uning aniq ifodasi jasorat va tashabbusdir. Botirlik tushunchasi mardlik, barqaror iroda, dadillik kabi sifatlar bilan uyg`unlashgan bo’lib, ikkiyuzlamachilik, qo’rqoqlik, tushkunlik, munofiqlik kabi tushunchalarga mutlaqo ziddir. Botirlik sifatini tarbiyalash va ushbu sifatni yoshlar tabiatiga singdirish muhimdir.
Bilim. Kishilarning tabiat va jamiyat xodisalari haqida xosil qilgan to’g`ri ma’lumotlari. U ijtimoiy mehnat va tafakkur maxsuli bo’lib, mavjud olamning ob’ektiv, qonuniy aloqalarini til vositasi bilan ifoda qiladi.
Vatan – (arabcha «vatan” – ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning ajdod va avlodlari tug`ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan kishi yoki avlodlar tug`ilib o’sgan va kamol topgan zamin, o’lkadir. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytmaydi xalqimiz. Tili, e’tiqodi, urf-odatlari va milliy sifatlari bir bo’lgan avlodlar yashagan va yashayotgan jo’g`rofiy muhit Vatanni ifoda etadi.
Vatan – insonning o’z uyi-ro’zg`ori, yashab turgan diyori ma’nosida tushunilib, u keng va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Biror xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug`ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir.
Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o’z hissasini qo’shishga erishishi.
Vatanparvarlik– bu xalqimizga, uning an’analariga, tilimiz va madaniyatimizga muhabbat va hurmat bilan qarash hamda rivojlantirishga hissa qo’shish, yurtimizning haqiqiy jonkuyari bo’lish.
Vatanparvarlik- Odamlarning mamlakatiga bo’lgan munosabati va harakati bilan Vatan manfaatiga xizmat kilish va dushmandan ximoya kilishga intilishini namoyish etuvchi ijtimoiy va axloqiy tamoyil.
O’zbekistondagi vatanparvarlik — ko’p millatli Vatanga muhabbat va sadokatni ifodalovchi vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik tushunchasida Vatanga va mustaqillik yutuklariga muhabbat, kardosh xalklarga do’stona munosabat, Vatanning gullab yashnashi yo’lidagi ijtimoiy faollik, uni himoya kilish, milliy xudbinlik va takabburlikka xiloflik va baynalmilallik xislatlari mujassamdir. Vatanparvarlikni shaqllantiruvchi muhim omillardan biri — Qurolli Kuchlarning jangovar kudratini mustahkamlash va shaxsiy tarkibning uyushqokligiga yo’naltirilgan — vatanparvarlik ruhidagi tarbiyadir.
Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya- harbiy xizmatchilarda huquqiy ong, harbiy burchni ado etish mas’uliyati vatanparvarlik va baynalmilallik sifatlarini shaqllantirish bo’yicha tashkiliy va mafkuraviy tadbirlar tizimi. Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya jangchining butun xizmati davomida komandirlar, tarbiyaviy ishlar organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Vazirlik-barcha hozirgi zamon ilg`or demokratik konstitutsion davlatlarida bo’lganidek, O’zbekiston xalq xo’jaligining ijtimoiy, siyosiy va madaniy qurilishining yirik tarmog`iga rahbarlikni amalga oshiradigan hamda shu tarmoqning bugungi ahvoli va kelgusi rivojlanishi uchun javob beradigan markaziy davlat boshqaruv organidir.
Har bir vazirlik maxsus vakolat va kompetensiyalar majmuiga ega. Vazirlikni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi, vaziyat talab qilganda tugatadi va shu masalaga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig`iga kiritadi. Vazirlikka vazir boshchilik qiladi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
Hozir O’zbekiston Respublikasida yigirmaga yaqin vazirlik faoliyat ko’rsatmoqda, bular jumladan: Adliya, Aloqa, Ijtimoiy ta’minot, Ichki ishlar, Mudofaa, Madaniyat va sport, Qishloq va suv xo’jalagi, Energetika va elektrlashtirish, Favqulodda holatlar, Mehnat, Moliya, Sog`liqni saqlash, Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Kommunal xizmat ko’rsatish vazirliklari.
Vazirlik davlat markaziy boshqaruv organlari ichida eng nufuzlisi hisoblanadi. Vazirliklar davlat byudjeti hisobidan moliyaviy ta’minlanadilar.
Vijdon erkinligi– fuqorolarning dinga munosabati; har qanday shaxs xohlasa dinga e’tiqod qiladi, xohlamasa e’tiqod qilmaydi. Yoki o’zi tanlagan dinga e’tiqod qiladi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta’qib qilinmaslik, jazolanmaslik, kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo’lishidir. Biror-bir dinga e’tiqod qilishga majburlash ham, vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. (Konstitutsiyaning 31-moddasi ).
Verbal muloqot — ikki yoki undan ortik shaxslarning so’z, nutqiy vositalar yordamida fikr almashishlari (munosabatga kirishishlari).
Davlat ramzlari – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shaqli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.
Davlat bayrog`i – davlat ramzlaridan biri bo’lib, uni boshqa mamlakatlardan farqlovchi belgidir. U mamlakat hududida ilgari mavjud bo’lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayrog`iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy sohalaridagi o’zligini aks ettiradi. Bayroq maxsus qonun bilan tasdiqlanadi va qayerlarda, qachon o’rnatilib qo’yilishi belgilanadi. Bayroqning rangi, undagi belgilarning chuqur ma’nosi bor. O’zbekiston bayrog`idagi moviy rang Sharqda azaldan qo’llangan bo’lib, osmon va musaffo suv ramzidir, oq rang tinchlik va poklik timsoli, qizil yo’llar hayot ramzi, tomirlarda oqayotgan qon, ya’ni tiriklik rangi, yashil rang O’zbekistonning go’zal tabiati ramzi. Yarim oy va yo`lduzlar – musaffo osmon va tinchlikni bildiradi. Bayroq mamlakatimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. «O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to’g`risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.
Davlat gerbi – davlat ramzlaridan biri, davlatning rasmiy tamg`asi bo’lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi. Uning ko’rinishi maxsus qonun bilan belgilangan. O’zbekiston gerbining markazidagi Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi, sakkiz qirrali yo`lduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli, quyosh – yo’limizning hamisha nurafshon bo’lishi, boshoq – rizq-ro’zimiz, paxta – O’zbekiston boyligi, bug`doy va paxta chanog`idagi tasma – xalqimiz do’stligi ramzidir. «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g`risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.
Davlat madhiyasi – O’zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo’lib, Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom bilan qarash mamlakat har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Davlat chegarasi — Davlatning tik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chizik ustidan o’tadigan vertikal sath shu davlatning havo chegarasi hisoblanadi.
Quruqlik va suvdagi chegaralar — tegishli davlatlar o’rtasidagi noma bo’yicha delimitatsiya va demarkatsiya yo’li bilan o’rnatiladi.
Dengizdagi davlat chegarasi qirg`oq bo’yi davlatlarining ichki qonunchilik hujjatlari bilan o’rnatiladi.
Davlatlar o’rtasidagi davlat chegaralarini o’rnatish tadbirlari boqichma-boskich o’tkaziladi ya’ni, dastavval chegaraning umumiy yo’nalishi ilanib, haritada aks ettiriladi. Shundan so’ng, davlat chegarasi, joyda, joylik jismlarga nisbatan o’tayotgan chizig`iga aniqlik kiritilib belgilanadi va chegara belgilari o’rnatiladi. Mazkur ishni amalga oshirish uchun qo’shma komissiya tuziladi.
Davlat chegarasi daxlsizdir. Uning daxlsizligini ta’minlash uchun qo’shni davlatlar, uning chizig`ini zaruriy holatda tutib turish, shuningdek undan o’tish qoidalarini belgilovchi muayyan rejim o’rnatadilar. Shuningdek chegara yaqinidagi hududlar va yaratiladigan chegara yo’laqlarida maxsus chegara rejimi o’rnatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, o’zgartirish, himoya kilish va ko’riklash sohasidagi munosabatlar «O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to’g`risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust) bilan tartibga solinadi. 2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan ana shu Qonunga ko’ra, Davlat chegarasini belgilash va o’zgartirish O’zbekiston Respublikasining xalkaro shartnomalariga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va xayvonlarni o’tkazish belgilangan o’tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat chegarasi rejimini ta’minlash uchun chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi belgilanadi.Chegara oldi zonasi — Davlat chegarasiga tutash hududning bir kismi bo’lib, u davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, shaharcha, kishloq, ovul xududi doirasida belgilanadi.
Chegara oldi mintaqasi — chegara oldi zonasining Davlat chegarasi chizig`iga bevosita tutash qismi bo’lib, u bevosita davlat chegarasi bo’ylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara bo’yi daryolari, ko’llari va boshqa suv havzalari qirg`og`i bo’ylab o’tkaziladi.
Davlat chegarasini himoya qilish va qo’rikdash bo’yicha maxsus vakolatli organ O’zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mitadir. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal kilish, chegara nizomlarini tartibga solish maksadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga mazkur qo’mitaning raisi O’zbekiston Respublikasining chegara vakillarini tayinlaydi.
Davlatning boshqaruv shakli – hokimiyatni tashkil qilish oliy organlarning vakolatlari va ular o’rtasidagi munosabatlarga bog`liq bo’ladi. Davlatning boshqaruv shaqlini aniqlashda eng muhim belgi – davlat boshlig`ining huquqiy maqomi qandayligi, uning davlat boshiga qanday yo’l bilan kelishi hisoblanadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar boshqaruv shaqliga qarab ikkiga: respublika va monarxiyaga bo’linadi. Respublika shaqlidagi davlatlarda davlat boshlig`i saylanish yo’li bilan hokimiyat tepasiga keladi. Ma’lum muddatga saylanadi, ya’ni o’zgarib turadi. Davlat boshlig`i ko’pgina mamlakatlarda Prezident deb nomlanadi. Davlatni monarxiya shaqlida esa davlatni boshqarish ajdoddan-avlodga o’tadi, ya’ni davlat boshlig`i – monarx hisoblanadi. Ular turli nomlar bilan ataladi, masalan, Saudiya Arabistonida – podshoh, Yaponiyada — imperator, Angliyada – qirol. O’zbekiston Respublikasida davlatning boshqaruv shaqli respublika hisoblanadi, davlat boshlig`i Prezidentdir.
Demokratiya – «xalq hokimiyati” degan ma’noni bildiradi. Demokratiya xalqning davlat organlarida tuzish, ularning ishida ishtirok etish, davlat organlari ishini tashkil etish, mamlakatda inson huquqlarini ta’minlash orqali namoyon bo’ladi. U davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi shaqlida bo’ladi. Demokratiya hamma narsada xohlaganicha erkinlik degani emas, u qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir.
Debat— -ma’lum bir mavzuni muhokama etish, bahs-munozara usuli.
Dualizm – ideologik falsafa yo’nalishi bo’lib, monizmga qarama-qarshi yo’nalishli dunyo asosini ikki mustaqil boshlanishdagi materiya va ongni tan oladi.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofidagi olamga va unda o’zining tutgan o’rni qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Kishilarning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig`indisi.
Iymon–Dunyoviy davlatda qonun ustuvorligini tan oladigan, yurt farovonligi yo’lida xizmat qiladigan, har bir kishiga yaxshilikni ravo ko’radigan, mehnatsevar, kamtar, oriyatli, andishali, insofli, vijdonli odam iymon-e’tiqodli inson sanaladi.
Ilm-inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Chunki kishi ilm bilan sharafga erishadi. Qur’oni karimda ilmli bilan ilmsiz barobar emasligi ko’rsatilgan. Ya’ni bir oyatda «Allohdan faqat ilmli kishilargina qo’rqadilar”deyiladi.
Intizom-shaxs faoliyatida axloqiy sifatlarni amalga oshirishda, qo’yilgan maqsadga erishishda, o’z kuchiga ishonishda, boshqalarning yordamisiz vazifalarni hal etishda, mustaqil fikrlay olishda, biron ishni bajarishda boshqa tomonga chalg`itmoqchi bo’lgan kuchlarning ta’siriga berilmaslikka, qarashlari va ishonchlari asosida harakat qilishda va o’z vazifalarini hal etish malakalarini egallashda muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik – odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, kishilarning baxt – saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g`oya va qarashlar tizimi.
Insonparvarlik, keng fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san’at va boshqa sohalarda namoyon bo’ldi va «gumanizm” nomi bilan rivojlandi. Bugun insonparvarlik g`oyalari huquqiy demokratik davlatlarning barchasida hayot qoidasiga aylanib bormoqda.
Inson huquqlarining konstitutsiyaviy kafolati – asosiy huquqlarning Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilishi. Asosiy huquq va erkinliklarni chegaralash, undan mahrum qilish hollari ham Konstitutsiyada belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya ko’plab mamlakatlarning konstitutsiyalaridan farq qilib, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning kafolatlarini alohida bobda mustahkamlab qo’ygan (Konstitutsiyaning X bobi, 43-46 moddalar).
Insonning huquqiy holati – insonlarning qonun yo’li bilan davlat tomonidan e’tirof etilgan va kafolatlangan huquq, erkinlik va burchlari hamda manfaatlarning tizimi (yig`indisi). Huquq va erkinlik – insonning davlat tomonildan e’tirof etilgan va ta’minlangan imkoniyatlari. Burchlar davlat tomonidan o’rnatilgan, ko’pchilik manfaatlariga mos tushuvchi ayrim harakatni sodir etishdan tiyilish, ayrim harakatlarni albatta sodir etishdir.
Inson huquqlari – insonga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy sohada faoliyat ko’rsatishi uchun zarur qoida va boshqa hujjatlarda belgilab ko’yilgan imkoniyatlar. Huquqlar hamma vaqt davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda (Konstitutsiya, qonun, farmon va boshqalarda) o’z aksini topadi. Ayrim huquqlar – bular shaxsiy yoki tabiiy huquqlar deyiladi, bular albatta bo’lishi kerak bo’lgan huquqlar, davlat uni ta’minlashi, hech qachon cheklamasligi kerak (masalan, yashash huquqi, qiynoqqa solinmasligi va hokozo), ayrim huquqlarni davlat o’z imkoniyatidan kelib chiqib belgilaydi. Ular sharoit va imkoniyatga qarab chegaralanishi, to’xtatilishi mumkin (masalan, siyosiy partiyalar tuzish, namoyish, miting o’tkazish, ta’minot olish va boshqalar). Inson huquqlari faqat o’rnatilmay, davlat tomonidan ta’minlanadi. Buzilgan huquqlar qayta tiklanadi. Har bir mamlakatda inson huquqlarini ta’minlovchi muassasalar mavjud.
Innovatsiya — soxaga yangilik, uzgarishlar olib kirish jarayoni va faoliyati.
Intergratsiyalashgan — integrative — jamlovchi (mujassamlovchi), integrate-jamlash (qo’shish).
Integratsiya ta’limi— aqliy va jismoniy rivojlanishlarida muammolari bulgan bolalarning sog`lom tengqurlari jamoasida ta’lim olishi. Integratsiya ta’limi imkoniyati cheklangan bolani muammo sifatida ko’radi hamda pedagoglar tomonidan alohida guruh bolalarini guruh, sinf sharoitida o’qitilish va tarbiyalash yo`l va vositalarining qo’llanilishini nazarda tutadi.
Inklyuziv— inclusive-qo’shuvchi, inclusion-uyg`unlashtirish.
Inklyuziv ta’lim — bolalarni bir-biridan ajratuvchi to’siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi, rivojlanishdan orqada qolishi va iqtisodiy ta’minlanganlik darajasidan kat’iy nazar, umumta’lim jarayoniga to’liq uyg`unlashtirishga qaratilgan davlat siyosati. Integratsiyadan farkli ravishda, «Bola huquqlari to`g`risida»gi Konvensiyaga muvofik tarzda, ta’limning yukori sifatini kuzlagan xolda o’quv-tarbiya muxitini har bir bolaning extiyojlarini ta’minlashga moslashtirishnn nazarda tutadi. Ta’limning yuqori sifati oila, pedagogik jamoa hamda jamiyatning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Bunday ta’lim muammoning yechimi bolada emas, balki tizimda ekanligini, bolalar ta’lim olish imkoniyatiga ega ekanliklarini hamda nogironlikniig ijtimoiy ko’rinishini tan oladi hamda o’quv reja va ta’lim tizimi metodologiyasini barcha o’quvchilar, shuningdek, har bir bola ehtiyojiga mos ravishda ishlab chiqilishini qo’llab-quvvatlaydi. Barcha bolalarning birgalikda ta’limlari ularning har biriga individuallashtirilgan ta’lim asosida amalga oshiriladi. Ya’ni rivojlanishida muammolari bulgan bolalar barcha sog`lom bolalar bilan birgalikda ta’lim olsalarda, ularning o’z imkoniyatlari doirasidagi bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishlari uchun sharoit ta’minlanadi. Barcha bolalarning hamkorlikdagi ta’limi ikki tomonlama ijobiy xislatlarga ega. Agar, ushbu jarayon orqali alohida Innovatsiya — soxaga yangilik, o’zgarishlar olib kirish jarayoni va faoliyati.
Interfaol metodlar — ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan maqsadta erishish uchun qo’llanuvchi ukuvchilarning o’z va o’zaro faollashuvlariga karatilgan yo`l va usullar yigindisi. E’tiborga muhtoj bo’lgan bolalarning o’z oilasi, mahallasida o’sib ulgayishlari ta’minlansa, soglom bolalarning rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarning imkoniyatlarini kurib, ular ham nuksonli emas, balki o’zgacha rivojlanishga ega bulgan bolalar ekanliklarini anglashlari sodir buladi. Shu sababli ham bunday ta’limning g`oyasi — «Inklyuziv maktablardan — inklyuziv jamiyat sari» shiori asosiga qurilgan.
Interfaol metodlar — ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan maqsadta erishish uchun qo’llanuvchi o’quvchilarning o’z va o’zaro faollashuvlariga qaratilgan yo’l va usullar yig`indisi.
Islom dini – (arabcha «aslama” – xudoga o’zini topshirish, bo’ysunish: shundan «muslim” — bo’ysunuvchi, itoatkor) – dunyoda eng keng tarqalgan uch dinning, ya’ni jahon dinlari (buddaviylik, xristianlik va islom)ning biri. Yer yuzidagi 6 milliarddan oshiq aholining 1.5 milliarddan ortiqrog`i Islom diniga e’tiqod qiladi. Islom dini VI-VII asrlarda Arabiston yarim orolida shaqllangan va yemirilib borayotgan qabilachilik hamda urug`chilik munosabatlari va qabilaviy xudolar o’rniga el-yurtni birlashishga, jipslashishga, yakkaxudolikka bo’lgan ijtimoiy talabni qondirishga xizmat qilgan.
Ishlanma— bir soatlik to’garak mashg`ulotini o’tkazishning yozma tartibi.
Konvensiya – xalqaro shartnoma, bitim, kelishuv shaqli: biror maxsus masala yuzasidan davlatlar o’rtasida tuziladi va uni imzolagan tomonlar muayyan huquq va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo’lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Konstitutsiya konstitutsiyaviy tizim asoslari, davlat tuzilish, davlat boshqaruv shaqli, shaxsning huqu, erkinlik va burchlari, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini belgilab qo’yadi. Konstitutsiya me’yorlari bilan jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlar mustahkamlanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan. Shu kun umumxalq bayrami deb belgilangan. Konstitutsiya muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiyani qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilangan. Konstitutsiyamiz xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni o’rganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an’analarimizni e’tiborga olish natijasida yaratilgan. U jahon andozalariga mos kelib, xalqaro talablarga to’la javob beradi. Konstitutsiya xalqimiz ruhiyatini, axloqini aks ettira olgan. U xalq ijodkorligi mahsuli, huquqiy ongimizdir. Insonni eng oliy qadriyat darajasiga ko’taruvchi normalar unda yetarlicha o’z o’rnini topgan. Konstitutsiya qonunchiligimiz garovi bo’lgan muqaddas hujjatdir.
Ko’ppartiyaviylik – mamlakatda ikki va undan ortiq partiyalarning bo’lishi. Bu demokratik davlatni harakterlovchi xususiyat. Mamlakatda bir necha partiyaning bo’lishi fikrlar xilma-xilligini ta’minlaydi. Ko’ppartiyaviylikka Konstitutsiya asos solgan. Partiyalarni tashkil etish, ro’yxatdan o’tkazish, tugatish maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Partiyalar safiga kirish va chiqish ixtiyoriy. Partiyalar qonunsiz tashkil qilinishi, harakat qilishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy tuzumga, inson huquq va erkinliklariga qarshi kurashishni maqsad qilib qo’ygan partiya tuzish ta’qiqlanadi (Konstitutsiya 57-moddasi).
Labdan o’qish — nutq organlarining ko’rinadigan harakatlarini qabul qilish orqali og`zaki nutqni idrok etish. Nutqni eshitish orqali idrok etishdagi kamchiliklarni qisman to’ldiradi.
Logopet bolalar — yunoncha logos — so’z, nutq va pathos -kasallik so’zlaridan olingan bo’lib, eshitish va aqliy rivojlanish bilan bog`liq bo’lmagan nutqiy buzilishga ega o’ulgan barcha bolalarga nisbatan qo’llaniladi.
Logopediya — nutqiy rivojlanishida muammolari bulgan shaxslar ta’limi, tarbiyasi masalalari bilan shugullanuvchi korreksiya pedagogikasining bir tarmog`i.
Maxsus psixologiya — aqliy va jismoniy rivojlanishida muammolari bulgan shaxslarning psixik (ruhiy) rivojlanish xususiyatlari, me’yordan o`zgacha rivojlanishlarini korreksiya qilish yo`llarini o`rganuvchi fan. Maxsus psixologiya o`z tarkibiga surdopsixologiya (eshitishida muammosi bulgan bolalar psixologiyasi). tiflopsixologiya (kurishida muammolari bo`lgan bolalar psixologiyasi), oligofrenopsixologiya (aqliy rivojlanishida muammolari bulgan bolalar psixologiyasi), logopsixologiya (nutkiy rivojlanishida muammolari bo`lgan bolalar psixologiyasi) kabi tarmoqlarni oladi.
Metod — yunoncha metodos suzidan olingan bulib, yo`l, axlok, usul ma’nolarini anglatadi.
Metodika — biror ishni maksadga muvofik utkazish metodlari, yo`llari majmuasi. U aloxida metodlardan tashkil topadi. Korreksiya pedagogikasi har bir yunalish fanlariga oid ta’lim konuniyatlarini tadkik kiladi. Masalan: «Kuzi ojiz bolalar maktablarida matematika ukitish metodikasi», «Kar bolalar maktabida ona tili ukitish metodikasi» va b.
Mimika (imo-ishora) — turli xis-tuygu va emotsiyalarning yuz muskulaturasi harakatlari orkali ifodalanishi.
Motsosensor yondoshuv — aqliy va jismoniy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etishda bir sog`lom analizator faoliyatiga tayangan holda ish ko’rish.
Murakkab (kompleks) buzilishlar— ikki va undan ko’p muammolarning birga kelishi (masalan: eshitish-ko’rish, eshitish-kurish-aqliy, kurish-aqliy, eshitish-tayanch-harakat a’zolari faoliyatidagi me’yordan chetga chiqish). Bunday buzilishlar bolaning psixik rivojlanishiga o`ziga xos raiishda ta’sir etib: maxsus korreksion ta’sirni talab etadi. Kompleks buzilishlari bulgan bolalarning usishi’ mavjud kamchiliklarga karab. uziga xos ravishda kechadi.
Materializm – olam va odamning yaratilishi, borliqning yashashi va rivojlanish xususiyatlari, borliq hamda yo’qlik masalalarida modda (materiya) va uning xossalarini ustuvor deb bilish, mutlaqlashtirish.
Maktab- o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma’lumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o’quv-tarbiya muassasasi.
Madhiya maqtov, tarif. Biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bag`ishlangan badiiy asar. Shoirlarning Vatan haqidagi she’rlari ham Madhiyadir.
Milliy g`oya — millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g`oya shaqli.
Milliy g`oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar va mo’ljallarni ham aks ettiradi. O’z davrida (1941-1945-yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada «qarshilik ko’rsatish» g`oyasining milliy g`oya darajasiga ko’tarilgani va Fransiyaning ozod etilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotgani fikrimizga dalil bo’la oladi.
U yoki bu g`oyaning milliy g`oya sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog`liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo’lgan maqsad-muddaolari va mo’ljallarini to’g`ri ifodalay olishidir.Milliy g`oya – xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona, umumiy maqsad atrofida birlashtiruvchi va bir tanu, bir jon qiluvchi ijtimoiy fikrlar majmui.
Bugungi kundagi bizning eng ulug` g`oyamiz shuki, O’zbekistonning bitta yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug` va erkin hayot sari olg`a yurish. Milliy g`oya degan so’z faqat bir millatga mansub bo’lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyorimiz – O’zbekiston tuprog`ida yashayotgan, uni o’z Ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir.
Metod — yunoncha «metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo`l, axloq, usul ma’nolarini anglatadi.
Metodika — biror ishni maksadga muvofik utkazish metodlari, yo`llari majmuasi. U alohida metodlardan tashkil topadi. Korreksiya pedagogikasi har bir yunalish fanlariga oid ta’lim konuniyatlarini tadkik kiladi. Masalan: «Kuzi ojiz bolalar maktablarida matematika ukitish metodikasi», «Kar bolalar maktabida ona tili o’qitish metodikasi» va b.
Og`zaki nutq — talaffuz etiladigan va eshitish orqali idrok etiladigan (qabul kilinadigan) tashki nutq. Og`zaki nutq dialogik va monologik turlarga bo’linadi.
Parlament – bu so’zning asl ma’nosi «munozara joyi”, ya’ni fransuzcha «parla” – gap-so’z, bahs, «ment”- joy, o’rin demakdir. Demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Pralament birinchi marta XIII asrda Angliyada tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari bir necha mamlakatlarda, jumladan, Angliya, Fransuz, Italiya, Kanada, Belgiyada to’g`ridan-to’g`ri parlament deb ataladi. AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Rossiyada Federal Majlis, Litva, Latviya, Polshada Seym deb ataladi. O’zbekistonda esa u Oliy Majlisdir. Parlamentni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo’lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilab qo’yiladi.
Reabilitatsiya — kasal yoki rivojlanishlarida muammolari bo’lgan shaxslar organizmi buzilgan funksiyalarining hamda mehnatga bulgan layoqatlarining tiklanishi yoki
kompensatsiyalanishi. Reabilitatsiya tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy tadbirlar majmuasi asosida ta’minlandi hamda shaxsning ruhiy va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chikkan holda ijtimoiy sharoitga moslashuvi, ijtimoiy hayot va mexnatga layokatiii nazarda tutadi.
Refleksiya — qayta aks ettirish (reflection — aks ettirish yoki orqaga nazar tashlash) — intellektual faoliyatning qurilishlaridan biri bo’lib, u fikr yuritish va mulohaza qilish yoki avvalgi tajribalarga suyangan holda aloka qilish va tahlil qilishga karatilgan. Aks ettirish, qonun bo’yicha, aniq maqsadli chegaralarda ro’y beradi. Uning muvaffaqiyatli bo’lishi ko`p jihatlari bilan maqsadning aniq va lo’nda bo’lishiga bog`liq.
Saylov – ovoz berish orqali davlat organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Saylovda aholi qatnashishi yoki ularning vakillari ishtirok etishi mumkin. Masalan, Prezident, deputatlarni saylashda xalq ishtirok etsa, Oliy Majlis Raisi, uning o’rinbosarlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Xo’jalik sudini saylashda deputatlar qatnashadi. Saylov ochiq va yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi mumkin.
Siyosiy partiyalar – qarash va maqsadlari bir bo’lgan turli tabaqa va guruhlardagi fuqarolarning siyosiy maqsadni ko’zlab tuzgan birlashma – tashkilotlardir. Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini o’tkazish yo’li orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi ko’ppartiyaviylikka asoslangan.
Senat – Oliy Majlisning yuqori palatasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlarida Oliy Majlis palatalarining vakolatlari aniq belgilab berilgan. Shunga ko’ra yuqori palata – Senat va quyi palata – Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlariga, jumladan, Konstitutsiyani qabul qilish, unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish; turli qonunlar qabul qilish; ichki va tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilash; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlarining vakolatlarini belgilash; boj, valyuta va kredit ishlarini tartibga solish; soliqlarni joriy etish; bir qator ma’muriy-hududiy masalalarni yechish; mukofot va unvonlarni ta’sis etish; Bosh vazir nomzodini tasdiqlash kabi vakolatlar kiradi. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida avval Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi.
Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari qatoriga, xususan, Senat Raisi va uning o’rinbosarlarini saylash; Konstitutsiyaviy sudni, Oliy va Oliy xo’jalik sudini saylash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tayinlov to’g`risidagi bir qator farmonlarini tasdiqlash va shu kabi boshqa vakolatlar kiritilgan. Ammo Oliy Majlisning Senati va uning a’zolari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lmaydilar.
Siyosiy madaniyat — umumiy madaniyatning muhim turi; jamiyat a’zolari, millat, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar hamda har bir fuqaroning davlatning ichki va tashqi siyosatini tushuna bilish qobiliyati, tahlil qila olish darajasi va siyosiy vaziyatga qarab, mustaqil ravishda o’z xatti-harakatlarini belgilash hamda ularni amalga oshirish madaniyati. Oldindan ko’ra bilish iste’dodi, harakat yo’nalishini o’zgartirish, nazariy va amaliy yo’nalishlarni aniqlay olish, tarafdorlar topish, ijtimoiy jarayonlarning tezligiga ta’sir o’tkazish siyosiy madaniyatning jihatlaridan sanaladi.
Sog`lom mafkura — umuminsoniylikning ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi ezgu va bunyodkor g`oyalar tizimi. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, odatda, uning tanazzuli, halokatiga sabab bo’ladigan fashizm, kommunizm, diniy-ekstremizm kabi nosog`lom mafkura shaqllaridan farqli o’laroq, sog`lom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqiga imkon yaratadi.
Sog`lom mafkura jamiyatdagi mulkiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ko’ppartiyaviylik sharoitiga mos keladi. U davlat doktrinasi emas, balki muayyan jamiyatning hayoti va taraqqiyotini ta’minlaydigan umumiy tamoyillarni ifodalaydi. Bunday sharoitda davlat ana shu tamoyilllarga barcha fuqarolarning amal qilishini huquqiy kafolatlaydi.
Sog`lom mafkuraga ehtiyoj bugungi kunda tarixiy zaruratga aylandi. Zero, bunday mafkurasiz jamiyat samarali taraqqiy eta olmaydi.
Terror, terrorizm (lotincha «terror” – qo’rqinch, dahshat) – qo’rqitish siyosati, siyosiy muxoliflarni zo’ravonlik choralari bilan bostirish.
Terrorizm, terrorchilik jamoat xafvsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat bo’lib, xalqning tinchligini buzish, qo’rqitish yoki hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o’tkazish maqsadida odamlarning hayotiga xafv soladigan, mol-mulkka katta miqdorda ziyon yetkazadigan, xafvli oqibatlarga olib keladigan portlash, o’t qo’yish yoki boshqa yovuz harakatlarni sodir etish, shuningdek, yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish niyati bilan do’q-po’pisa orqali tazyiq o’tkazish hisoblanadi.
Uslubiy tavsiya — to’garak rahbarlari faoliyatida o’quv dasturlarni tuzish va mashg`ulotlarni samarali olib borish uchun yordam beruvchi qo’llanma.
O’quv dastur- to’garak mashg`ulotlari uchun qo’llanma, yo’l-yo’riq , to’garak raxbarining bilimlari, o’z yo’nalishi bo’yicha darsliklar yordamida belgilangan soatlar uchun tuzilgani o’quv rejalar jamlamasi.
O’quv reja- ta’lim turiga muvofik ravishda ishlab chiqilgan o’quv predmetlari ro’yxati va hajmi, ularni o’tish ketma-ketligi hamda nazorat qilish shaqllarini o’zida mujassamlovchi asosiy hujjat.
O’qitish — ta’limiy maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi va o’quvchilarnint o’zaro faoliyati asosiga quriluvchi maxsus tashkil etilgan, maqsadga yo’naltirilgan hamda boshqariluvchi jarayon. Uning natijasida qo’yilgan maqsadlarga muvofiq ravishda o’quvchilar tomonilan bilim, ko’nikma va malakalar egallanadi, ularning dunyoqarashlarn, aqliy qobiliyatlari, imkoniyatlari shaqllanadi.
O’qitish metodlari — maxsus ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan maqsadga erishish uchun qo’llanuvchi yo’l va usullar yig`indisi.
O’qitishning texnik vositalari — pedagogik jarayonni takomillashtirish, o’qitishning samaradorligi va sifatini ko’tarishga xizmat qiluvchi texnik asbob va uskunalar.
O’quv dasturi — har bir o’quv fanidan o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning mazmuni va hajmini belgilab beruvchi o’quv rejasiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan hujjat.
O’qitish — ta’limiy maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi va o’quvchilarnint o’zaro faoliyati asosiga quriluvchi maxsus tashkil etilgan, maqsadga yo’naltirilgan hamda boshqariluvchi jarayon. Uning natijasida qo’yilgan maqsadlarga muvofiq ravishda o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalar egallanadi, ularning dunyoqarashlari, aqliy qobiliyatlari, imkoniyatlari shakllanadi.
O’qitish metodlari — maxsus ta’lim jarayonida o’qituvchi tomonidan maqsadga erishish uchun qo’llanuvchi yo’l va usullar yig`indisi.
O’qitishning texnik vositalari— pedagogik jarayonni takomillashtirish, o’qitishning samaradorligi va sifatini kutarishga xizmat qiluvchi texnik asbob va uskunalar.
O’quv rejasi — ta’lim turiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan o’quv predmetlari ro’yxati va xajmi, ularni utish ketma-ketligi hamda nazorat kili/i shaqllarini uzida mujassamlovchi asosiy hujjat.
Qonun – mamlakat miqyosida oliy yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat. Qonun O’zbekistonda mamlakatning oliy vakillik organi – Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va Senat tomonidan tasdiqlanadi. Qonunlar umumxalq ovozi – referendum yo’li bilan muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar shaqlida qabul qilinadi. Uning aniq jarayon va tartiblari belgilangan.
Hadis – arabcha so’z bo’lib, o’zbek tiliga tarjima qilinganda «hikoya”, «xabar”, «bildirish”, «naql qilish” degan ma’nolarni anglatadi. Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomning aytgan so’zlari, qilgan ishlari, ko’rsatmalari, o’gitlari hadis deyiladi.
Huquq – ushbu so’zning bir necha ma’nosi bo’lib, birinchidan, u davlat tomonidan bajarilishi majburiy qilingan yurish-turish qoidalari, xatti-harakatlar yig`indisi. Ikkinchidan, huquq tushunchasi fuqarolarga nisbatan olinsa, u ularga berilgan imkoniyat. Huquq konstitutsiyaviy yoki oddiy huquqlarga bo’linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy normalar bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan belgilanadi: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi va boshqalar; ular alohida hujjatlar bilan mustahkamlab qo’yiladi.
Huquq – ushbu so’zning bir necha ma’nosi bo’lib, birinchidan, u davlat tomonidan bajarilishi majburiy qilingan yurish-turish qoidalari, xatti-harakatlar yig`indisi. Ikkinchidan, huquq tushunchasi fuqarolarga nisbatan olinsa, u ularga berilgan imkoniyat. Huquq konstitutsiyaviy yoki oddiy huquqlarga bo’linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy normalar bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan belgilanadi: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi va boshqalar; ular alohida hujjatlar bilan mustahkamlab qo’yiladi.
Huquqiy madaniyat – fuqorolarning yetukliligi va ongliligini ko’rsatuvchi mezon. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqning rivojlanish darajasi, ahlolning huquq haqidagi tushunchasi, qonunlarning ahvoli, huquqni amalga oshirish ishlarini tashkil etish darajasi, huquqning obro’yi singari elementlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq fanining rivojlanish darajasi, huquqni tashviqot qilishning qanday yo’lga qo’yilganligi,madaniyatning umumiy darajasi ta’sir qiladi. Huquqiy madaniyat huquqiy ongning amaliyoti, ya’ni huquqni qo’llash, amaliyotga tatbiq etishdir. Shaxs qanchalik huquqiy bilimga ega bo’lmasin, konun va boshqa qoidalarga amal qilmasa, u jamiyat uchun katta zarardir. Bu huquqiy madaniyatsizlikdir.
Huquqiy javobgarlik – huquqiy normalarga rioya qilmaslik, ularni ochiqdan – ochiq buzish natijasida vujudga keladi. Qanday huquq normalari buzilsa, shu huquq buzilishi bo’yicha javobgarlik vujudga keladi. Masalan, ma’muriy huquq buzilsa ma’muriy javobgarlik, jinoyat huquqi buzilsa jinoiy javobgarlik, fuqorolik huquqi buzilsa mulkiy javobgarlik va hokozo.
Huquqiy normalar – huquqni belgilovchi, huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar. Ular turli ko’rinish va shaqlda namoyon bo’ladi. Huquqiy normalar Konstitutsiyada, qonunlarda va boshqa normativ hujjatlarda bayon qilinadi.
G`oya — inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy harakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaqlaydigan kuchli, teran fikr.
Inson ongining mahsuli sifatida g`oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g`oya bo’la olmaydi. G`oyalar, garchi tafakkurda paydo bo’lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g`ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. G`oya shunday quvvatga ega-ki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaqlovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.
Turli diniy aqidalar, falsafiy ta’limotlar, ilmiy qarashlar, badiiy asarlarning negizida muayyan g`oyalar yotadi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlarning maqsadlari ham g`oyalarda aks etadi. G`oya komil insonlarning iymon-e’tiqodi, dunyoqarashi o’zagini, hayot mazmunini tashkil etadi. Ular ezgu g`oya deb yashaydilar, bu yo’lda hatto jon fido qiladilar. Tarixda o’z jasorati, mardligi va qahramonligi bilan iz qoldirgan buyuk insonlar, albatta, yuksak g`oya sohiblari bo’lganlar. G`oyalar juda qadimiy tarixga ega. Ma’lum ma’noda insoniyat tarixini g`oyalar tarixi sifatida talqin qilish mumkin.
G`oyalarning turlari ko’p. Faqat yuksak joziba kuchiga ega bo’lgan, haqiqatga yaqin g`oyalargina jamiyatda keng tarqaladi.
Ta`lim-tarbiya tizimiga oid atama va izohli lug`atlar to`plami