TALABA QANDAY HOLLARDA O‘QISHDAN ChЕTLATILADI. to’liq malumot oling
🔴 TALABA QANDAY HOLLARDA O‘QISHDAN ChЕTLATILADI.
⚡️Hukumatning 20.06.2017 yil kungi 393-son qaroriga ko‘ra, talabalar quyidagi hollarda o‘qishdan chetlatiladi.
✅ o‘z xohishiga binoan;
✅ o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
✅ o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
✅ vafot etganligi sababli
Yuridik
TALABA QANDAY HOLLARDA O‘QISHDAN ChЕTLATILADI.