TAKT haqida to’liq ma’lumot oling

TAKT haqida to’liq ma’lumot oling

TAKT — tilshunoslikda nutqning fonetik birliklaridan biri; nutq zanjiridagi bir halqa sifatida boʻgʻindan katta, fraza (sintagma)dan kichik boʻladi, boshqacha aytganda, Takt frazaning bir urgʻu bilan birikkan, qoʻshilgan, bir yoki bir necha boʻgʻindan iborat bir qismidir. Aksar tillarda barcha mustaqil soʻzlar, oʻz urgʻulariga ega boʻlganliklari sababli, alohida Takt larga ajraladi; mustaqil boʻlmagan, yordamchi soʻzlar esa, urgʻuga ega boʻlmasligi sababli, oʻzlari alohida Takt hosil qila olmaydi, balki urgʻuga ega boʻlgan mustaqil soʻzlardan avval (qindevropa tillarida) yoki ulardan soʻng (turkiy tillarda) joylashib, ular bilan birgalikda Takt hosil qiladi. Mac, «Oʻqish uchun iroda kerak» jumlasida 3 ta Takt bor (oʻqish uchun; iroda; kerak).

Malumotlar
TAKT