TAKSI

TAKSI

TAKSI (frans. taxi) , taksomotor — yoʻlovchilar yoki yuk tashishda foydalaniladigan yengil yoki yuk avtomobili. Odatda kira haqi taksometr boʻyicha toʻlanadi. Birinchy Taksilar Londonda 1903-y., Moskvada 1907-y., Peterburgda 1937-y., Toshkentda 1934-y. paydo boʻlgan. Taksi sifatida koʻplab ishlab chikariladigan yengil va yuk mashinalari, maxsus avtomobillardan foydalaniladi. Muayyan yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan vaqt oralatib qatnaydigan Taksilar marshrutli taksilar deb ataladi. Bunday Taksilar uchun maʼlum kiymatdagi haq stavkasi belgilab qoʻyiladi.

Ensiklopediya.uz
TAKSI