TAKASH MAQBARASI

TAKASH MAQBARASI

TAKASH MAQBARASI — Koʻhna Ur ganchdagi meʼmoriy yodgorlik (13-a. boshlari). Xorazm shoxi Takash (1200-y. v. e.) ga atab qurilgan. Maqbara murabba tarhli (11,45×11,45 m), poygumbazi (bal. 12,5 m) gʻoʻlasimon gʻarovli, gumbazikuloxiy. Unga jan. tomondagi peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq ravogʻi sopol muqarnaslar bilan pardozlangan. Devor qalinligi 3,5 m, tashqi poygumbazidagi mayda yassi ravoqchalar ichi naqshlar bilan toʻddirilgan, baʼzilariga xonani yoritish uchun tobadonlar ishlangan, tepasi muqarnas kosachalar bilan bezatilgan. Ichki poygumbazi va gumbazida ham oʻziga xos meʼmoriy shakllar qoʻllanilgan, ustun, eshik, mehrobidagi yogʻoch oʻymakorligi namunalari haqiqiy sanʼat asaridir. Tashqi qiyofasida oʻsha davr Xorazm meʼmorligining oʻziga xos jihatlari aks etgan.

Ensiklopediya.uz
TAKASH MAQBARASI