TAHORAT

TAHORAT

TAHORATnamoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish. Islomda Tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga masʼh tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, Tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari xam boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; T. qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda Tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa Tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan kupi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqgida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, Tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi.

Ensiklopediya.uz
TAHORAT