TUKAL XONIM

Ensiklopediya 1

TUKAL XONIM TUKAL XONIM (? 1408) Amir Temurning xotinlaridan biri. Moʻgʻuliston xoni Xizrxoʻjaning qizi. 1397-y. Sohibqiron Konigilda katta toʻy qilib, Tukal xonimni oʻz nikohiga kiritgan. Tukal xonim haramda (xon qizi boʻlgani tufayli) Saroymulkxonimdan keyingi oʻrinda, yaʼni «kichik xonim» deb atalgan. 1397-y. Sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarkandda «Bogʻi dilkusho»ni barpo qilgan. Ensiklopediya.uz TUKAL XONIM