TEMIRCHAKLAR
TEMIRCHAKLAR TEMIRCHAKLAR (Tettigonioidea) toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. … Читать далее