TAZOD
TAZOD TAZOD, mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi: Gahe tobtim falakdan notavonligʻ, Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ. Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda, Base achchigʻchuchuk togtim jahonda. Ensiklopediya.uz TAZOD