TASMAN
TASMAN TASMAN (Tasman) Abel Yanszon (1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, okt., Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 y. larda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shim. da Yaponiyagacha suzib borib, Bonin o. ni kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. … Читать далее