TAQVODORLIK

Ensiklopediya 1

TAQVODORLIK TAQVODORLIK (arab, taqvo — saqlanish, xudodan qoʻrqish) — barcha dinlarda oʻta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qurʼon va hadislarda Alloxdan qoʻrqish, doʻzaxdan saklanish, parhezkorlik va b. mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojoʻy, oʻzini harom va shubhalardan saklab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan. Ensiklopediya.uz TAQVODORLIK