TAMSHUSH

Ensiklopediya 1

TAMSHUSH TAMSHUSH — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Xoʻjagulbars togʻidagi kichik koʻl va buloklar suvidan hosil boʻlgan. Uz. 22 km, suv sarfi 3,3 m3/sek. ; havzasi mayd. 125,3 km2. Hisorak qishlogʻi yaqinida Oqdaryoga quyiladi. Shahrisabz tumanidagi Tamshush, Hisorak qishloqlari ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi. Soy boʻylab Tamshush dovoniga yoʻl chiqadi. Ensiklopediya.uz TAMSHUSH