SUSPENZIYALAR

Ensiklopediya 1

SUSPENZIYALAR SUSPENZIYALAR (lot. suspensio — osmoq) — suyuq dori turi. Tarkibidagi kukun (qattiq zarra koʻrinishidagi) dori moddalari biror suyuklik (suv, glitserin, oʻsimlik moyi)da muallaq holda turadi. Suspenziyalar dorivor moddalarni ayni eritmada eritib boʻlmaydigan hollarda tayyorlanadi. Suspenziyalarni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatiladi. Suspenziyalar kondensatlab yoki disperslash yoʻli bilan hosil qilinadi. Ensiklopediya.uz SUSPENZIYALAR