SPOROFILL

Ensiklopediya 1

SPOROFILL SPOROFILL — qirqquloq yoki urugʻli oʻsimliklar bargi. Sporofillda yoki barg qoʻltigʻida sporangiylar paydo boʻladi. Suv qirqquloqlarining mikro va megasporangiylari sporokarpiyalarda vujudga keladi. Mikrosporangiylar rivojlanadigan har xil sporali oʻsimliklar S. lari mikrosporofillar, megasporangiylar rivojlanadigan Sporofilllar esa megasporofillar deb ataladi. Mikro va megasporofillar tashki koʻrinishi bir xil, urugʻli oʻsimliklarda esa har xil boʻlishi mumkin. Ensiklopediya.uz SPOROFILL