SOʻK
SOʻK SOʻK — oqlangan tariq. Dexdonchilik bilan shugʻullanadigan aholi oʻrtasida juda qadimdan tayyorlangan. Xonaki usulda Soʻk olish usuli: tariq katta qozonda bir kaynatib olinadi, yoyib quritiladi, qozonda qovuriladi. Qovurilgan tariq oʻgʻirda yanchib oqlanadi. Soʻkni sutga (6—8 soat) ivitib isteʼmol qilish mumkin, undan talqon, soʻk oshi tayyorlanadi. Ensiklopediya.uz SOʻK