SIKTIVKAR
SIKTIVKAR SIKTIVKAR (1930-y. gacha UstSisolsk) — RF dagi shahar, Komi Respublikasi poytaxti, Sisola daryosidagi pristan (Vichegda daryosiga quyilish joyida). T. y. stansiyasi. Aholisi 230,8 ming kishi (1998). 16-a. oxirida Siktivkar oʻrnida qishloq boʻlgan. 1921-y. dan Komi (Ziryan) muxtor viloyati markazi. 1936-y. dan Komi Muxtor Respublikasi, 1992-y. dan RF tarkibidagi Komi Respublikasi poytaxti. Ensiklopediya.uz SIKTIVKAR