SIAN

Ensiklopediya 1

SIAN SIAN — Xitoyning markaziy qismidagi shahar. Veyxe daryosi (Xuanxe daryosi irmogʻi) vodiysida joylashgan. Shensi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik (stanok, pribor, avtomashina, traktor va samolyotlar i. ch.), keramika, toʻqimachilik, farmatsevtika, lokboʻyoq, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. un-t, muzeylar bor. Ensiklopediya.uz SIAN