SHOʻRTAN GAZ-KONDENSAT KONI

Ensiklopediya 1

SHOʻRTAN GAZ-KONDENSAT KONI SHOʻRTAN GAZ-KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyatidagi kon. Qarshi shahridan 40 km jan. sharqda. 1974-yilda ochilgan. Chorjoʻy tektonik pogʻonasiga tegishli Beshkent egilmasida braxiantiklinal koʻrinishidagi Shoʻrtan strukturasida joylashgan. Yuqori yura davrining kelloveyoksford yotqiziqlari mahsuldor hisoblanadi. Gazkondensat 15NR, 15R va 15PR gorizontlarida ochilgan. Gorizontlar kulrang ohaktoshlardan hamda zichlashgan, darzli, dolomitlashgan ohaktoshlardan iborat, qalinligi 316—542 m. … Читать далее