SHOʻROI ISLOMIYA
SHOʻROI ISLOMIYA «SHOʻROI ISLOMIYA» («Islom kengashi») — Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiysiyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917 yil 14-martda Toshkentda tuzilgan va 1918-yil bahorigacha faoliyat olib borgan. Unga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori oʻgʻli, keyinchalik Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev rais qilib saylangan. Tashkilot faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Mustafo Choʻqay, Ahmad Zakiy Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpoʻlat Norboʻtabekov kabi maʼrifatparvarlar faol qatnashgan. … Читать далее