SHISh

Ensiklopediya 1

SHISh SHISh — organizm toʻqimalari va boʻshliqlarida koʻp miqdorda suyuqlik toʻplanishi. Koʻpincha bu holat terida, teri osti yogʻ qavatida, plevral va qorin boʻshliqlarida, yurak oldi xaltachasida, moyak va h. k. da kuzatiladi. Shish suyuqligi suv, natriy va kaliy tuzlari, birmuncha miqdorda oqsil hamda leykotsitlardan iborat. Leykotsitlar, ayniqsa, yalligʻlanishga xos Shish larda koʻp boʻladi. Ensiklopediya.uz SHISh