SHIRINBEKA OGʻO MAQBARASI

Ensiklopediya 1

SHIRINBEKA OGʻO MAQBARASI SHIRINBEKA OGʻO MAQBARASI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr oxiri); Shohizinda tarkibida. Amir Temurning singlisi Shirinbeka ogʻoga atab qurilgan. Maqbara ravogʻi ichidagi arabiy bitikda muhim tarixiy hujjat saqlangan (tarjimasi): «Bu qabr malikai muazzama, mukarrama Shirinbeka ogʻo Taragʻay (bek) qiziniki. Ravzasini Alloh nurli etsin. Sana 787» (mil. 1385/6). Maqbara peshtoqgumbazli, bir xonali (ziyoratxona, 6,2×6,2 … Читать далее