SENT-POL
SENT-POL SENT-POL — AQSHning shim. qismidagi shahar. Minnesota shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 287,1 ming kishi (2000). Missisipi daryosi boʻyidagi port. Poligrafiya, oziq-ovqat, kimyo, radioelektronika, elektrotexnika, avtomobilsozlik va metallsozlik, harbiy sanoat, metallurgiya korxonalari; un-t bor. Shaharga 1841-y. da asos solingan. Ensiklopediya.uz SENT-POL