SASSIQKOVRAK
SASSIQKOVRAK SASSIQKOVRAK (Ferula foetida) ziradoshlar oilasiga mansub monokarp oʻt. Poyasi yoʻgʻon, boʻyi 1,5—2 m. Oʻrta Osiyodagi choʻl va yarim choʻllarda, shuningdek, Eron va Afgʻonistonda oʻsadi. Apr. da gullab, may oyida meva tugadi va quriydi. Har tupi 200 g gacha urugʻ beradi. Pishgan mevasi tarkibida protein, azotsiz ekstraktov moddalar, iddizida kraxmal, yelimsmola bor. S. dorivor oʻsimlik. … Читать далее