RUBOB

Ensiklopediya 1

RUBOB RUBOB (arab.) — torli cholgʻu musiqa asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻrta asrdan Sharq (Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo) xalqlarida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qad. 2 torli kamonli rebabdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir, asosan, 3 xili mavjud: qashqar R. i, afgʻon (yoki buxoro) R. i va pomir R. i. Ensiklopediya.uz RUBOB