RENTGENOSKOPIYA

Ensiklopediya 1

RENTGENOSKOPIYA RENTGENOSKOPIYA (rentgen va …skopiya) , flyuoroskopiya — obyektning rentgen tasviri rentgenoskopik ekranda kuzatiladigan rentgenologik tadqiqot; rentgenodiagnostikannt asosiy usullaridan biri. Odatdagi Rentgenoskopiya qorongʻi xonada olib boriladi. Televizion Rentgenoskopiyada tasvir elektronoptik oʻzgartirgich bilan kuchaytirilib, televizionekranga uzatiladi. Koʻp hollarda Rentgenoskopiya rentgenografiya bilan birga qoʻllanadi. Ensiklopediya.uz RENTGENOSKOPIYA