RAUFOV

Ensiklopediya 1

RAUFOV RAUFOV Yoqub (1888, Oʻratepa sh. — 1974.22.1, Toshkent) — naqqosh usta, Oʻzbekiston xalq rassomi (1963). Naqqoshlik hunarini otasi usta Rauf kalondan oʻrgangan. Otasi boshchiligida Oʻrta Osiyo (jumladan, Namangan, Margʻilon, Andijon, Xoʻjand, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Chimkent va b.) shaharlaridagi jamoat binolarini bezashda qatnashgan. 18 yoshidan mustakil usta. 1923-y. dan R. Toshkentda yashagan. Ensiklopediya.uz RAUFOV