QAZVIN
QAZVIN QAZVIN — Eronning shim. gʻarbiy qismidagi shahar. Elburs togʻining jan. etagida. Aholisi 292 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Qazvin rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oynashisha va elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. Ensiklopediya.uz QAZVIN