POTSDAM

Ensiklopediya 1

POTSDAM POTSDAM — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor. Ensiklopediya.uz POTSDAM