PARATIREOID GORMON
PARATIREOID GORMON PARATIREOID GORMON, paratgormon — odam va hayvonlarning qalqonsimon bez oldi bezlarida hosil boʻladigan gormon. 1925-y. da kanadalik olim J. Kollip tomonidan buqaning qalqonsimon bezidan ajratib olingan. Suyaklardan qonga kalsiy chiqishini, buyraklardan kalsiy va fosfat ajralishini kuchaytiradi. Kimyoviy tabiatiga koʻra — polipeptid. Ensiklopediya.uz PARATIREOID GORMON