OYSHABIBI MAQBARASI

Ensiklopediya 1

OYSHABIBI MAQBARASI OYSHABIBI MAQBARASI — Qozogʻiston (hoz. Taroz sh.)dagi meʼmoriy yodgorlik (11 —12-a. lar). Afsonaga koʻra, maqbara qoraxoniylar sulolasi hukmdorlaridan birining bevaqt vafot etgan sevgilisi Oyshabibi sharafiga qurilgan. Oyshabibi maqbarasi pishiq gʻishtdan murabba tarhli (7,23×7,23m). Burchaklariga ixcham va serbezakli ustunlar ishlangan. Bosh tarzi oʻyma sopol boʻlaklaridan handasiy va islimiy naqshlar va arabiy yozuvlar bilan qoplangan. … Читать далее