ORASOY TEKISLIGI

Ensiklopediya 1

ORASOY TEKISLIGI ORASOY TEKISLIGI — Baxiltogʻ va Qoratogʻ oraligʻi (Navoiy va Buxoro viloyatlari)dagi tekislik. Balandligi sharqiy qismida 800 m, gʻarbiy qismida 300—400 m boʻlib, Qizilqum choʻliga tutashib ketgan. Tekislik toʻrtlamchi prolyuvial, qisman delyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Och boʻz tuproqlarda shuvoq, efemer va efemeroidlar usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi. Ensiklopediya.uz ORASOY TEKISLIGI