NAZARXON KANALI

Ensiklopediya 1

NAZARXON KANALI NAZARXON KANALI — Qoraqalpogʻistondagi kanal. Qipchoq qishlogʻidan shim. da Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidan suv oladi. Uz. 40 km dan ortiq. Amudaryoning oʻng tomonidan unga parallel yoʻnalishda oqadi. Kanal 1928—29-y. da qazilgan, dastlab 17 km boʻlgan. 1937—38 y. da rekonstruksiya kilingan. Nazarxon kanali Nukus tumanini suv bilan taʼminlaydi. Ensiklopediya.uz NAZARXON KANALI