MUHITI KABIR

Ensiklopediya 1

MUHITI KABIR MUHITI KABIR — Okeanning oʻrta asr Sharq tarixi va adabiyotidagi nomi. «Muhit» termini oʻsha davrda dengiz, okean maʼnosida keng qoʻllanilgan. Ayniqsa, Beruniyning «Hindiston», «At-Tafqim» asarlarida Atlantika okeani — Oʻqiyonus, Muhiti Magʻribiy (Gʻarbiy okean), Shimoliy Muz okeani — Daryoi Muhiti Shimoliy, Tinch okean — Daryoi muhiti Mashriqiy (Sharqiy Okean) tarzida keltirilgan. Ensiklopediya.uz MUHITI KABIR