MILDYU

Ensiklopediya 1

MILDYU MILDYU (ang. mildew) , soxta kul kasalligi, peronosporoz — oʻsimliklarning peronosporali zamburugʻlardan zararlanishi. Aksariyat tokda xavfli soxta kul kasalligini qoʻzgʻatadi. Tarqatuvchisi — Plasmopora viticola Berl. et Toni. parazit zamburugʻ hisoblanib, tokning jonli toʻqimasini, novda, barglari va uzum gʻujumlarini zararlaydi. Ortiqcha namlik va yogʻingarchilik kasallikni avjlantiradi. Mavsumda 20-martgacha avlod beradi. Ensiklopediya.uz MILDYU