MELBURN

Ensiklopediya 1

MELBURN MELBURN — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Viktoriya shtatining maʼmuriy markazi. Port-Fillip qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1999); aholisining soni boʻyicha mamlakatda Sidneydan keyin 2-oʻrinda. Shaharga 19-a. ning 30-y. larida asos solingan va Buyuk Britaniya bosh vaziri nomi bilan Melburn deb atalgan. 1901—27 y. larda Avstraliya Ittifoqi poytaxti. Ensiklopediya.uz MELBURN