MASNAVIY
MASNAVIY MASNAVIY (arab. — ikkilik. Koʻpligi — masnaviyot) — har bir baytining misralari qofiyadosh boʻlgan va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradigan sheʼriy shakl (a-a, b-b, v-v,…). Mumtoz adabiyotda (mas, Alisher Navoiy asarlarida) syujetli kichik sheʼriy asarlar ham, dostonlar ham Masnaviy deb yuritiladi. Turkiy adabiyotda Masnaviy shakli ilk bor Yusuf Xos Hojibnkng «Qutadgʻu bilig» asarida qoʻllangan. … Читать далее