MASKAT

Ensiklopediya 1

MASKAT MASKAT — Ummon sultonligi poytaxti, Arabiston ya. o. ning sharqiy qismida. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi dengiz porti (chetga xurmo, mevalar, quritilgan baliq chiqariladi). Aholisi 52 ming kishidan ziyod (1993). Karvon yoʻllari tuguni. Savdohunarmandchilik markazi. Un-t bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan oʻrta asrlarda qurilgan turar joylar, 16-a. da portugallar qurgan fortlar saqlangan. Shahar yaqinida xalqaro aeroport bor. Ensiklopediya.uz … Читать далее