LAVSAN

Ensiklopediya 1

LAVSAN LAVSAN — polietilentereftalatdan olinadigan sintetik tola. Zichligi 1380 kg/m3, — 60° gacha elastik, pishik,, namni kam yutadi, issiqqa yaxshi chidaydi. Lavsandan gazlama, elektr izolyatsion materiallar, filtrlar, tasma, baliq ovlash toʻri va b. tayyorlanadi. Polshada elana, Angliyada terilen, AQSHda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Fransiyada tergal deb ataladi. Ensiklopediya.uz LAVSAN